Muallif: Islomqulova, Malika
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xitoy iqtisodiy qudratining global geosiyosatga ta’siri va uning 2024-yildagi rekord darajadagi savdo balansi tahlil qilinadi. Tadqiqotda g’arb bilan yuzaga kelayotgan "savdo urushlari", moliya tizimidagi dollar gegemonligi hamda ichki demografik inqiroz kabi strategik risklar ko‘rib chiqilgan. Maqola Xitoyning agressiv siyosati uning 40 yillik yutuqlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini asoslab, Xitoy uchun bu muammolarga qanday yechim topish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Kalit so'zlar: Xitoy faktori, global bozor, savdo balansi, AQSh-Xitoy boshqaruvi, texnologik poyga, elektromobillar sanoati, dollarning global moliya tizimidagi dominantligi, CIPS, demografik inqiroz, strategik xatar, himoya devori, ichki yemirilish, qizil chiziq, dunyo bozori.
Jurnaldagi sahifalar: 573 - 576