30.06.2022
359
XITOYNING MARKAZIY OSIYODAGI “SOFT POWER” SIYOSATI

Muallif: Rahmatullayev, Shohruh

Annotatsiya: Xitoy Markaziy Osiyo bilan eng uzun chegaraga ega bo’lgan yirik qo‘shni davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu mintaqa, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusida muhim rol o’ynaydi. Xitoyning Markaziy Osiyodagi 3 ta davlat bilan bevosita chegaradosh ekanligi, uning mintaqaga bo‘lgan doimiy qiziqishini oshiradi. Shu nuqtai nazardan so‘nggi 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasiga turli yo‘nalishlar bo‘yicha kiritgan sarmoyalari kata qiziqish bilan qarshi olindi. Darhaqiqat, Xitoyning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari bilan bevosita chegaraga egaligi, Xitoyning bu mamlakatlar har sohada faol hamkorlik tendensiyalari kuzatildi va hali-hanuzgacha ta’siri yuqoriligicha qolmoqda. Bundan tashqari Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, shuningdek, Xitoy bilan chegaraga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishidagi asosiy hamkori Xitoy hisoblanadi. Buni esa joriy yildagi statistikada, Xitoyning O‘zbek sanoatiga, ya’ni O‘zbekiston importidagi mamlakatlar qatorida eng ko‘p sarmoya kiritgan va eksport bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgani yorqin misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, yana bir bevosita chegaraga ega bo‘lmagan davlat – Turkmaniston bilan ham o‘zaro manfaatli savdo aloqalari olib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Xitoyning Markaziy Osiyoga qaratilgan siyosati qolgan yirik kuch markazlariga nisbatan istiqbolli va dozarb ahamiyat kasb etishi mumkin. Ushbu maqolada Xitoyning Markaziy Osiyodagi “soft power” yondashuvlari SWOT tahlili asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: “OBOR”, “soft power”, “hard power”, Konfutsiy institutlari, “Madaniy diplomatiya”, Xitoy-Markaziy Osiyo hamkorlik forumi, madaniy ko‘rgazmalar, Xitoylashtirish (latent), “qarz-tuzoq diplomatiyasi”, Xitoy migratsiyasi

Jurnaldagi sahifalar: 1312 - 1322

Yuklab olish