Muallif: O‘razova, Iqbol Abdikarimovna
Annotatsiya: Mumtoz adabiyotimizga mansub bo‘lgan asarlar tilini o‘rganish, ayniqsa, frazeologik fondini yig‘ish, lug‘at shaklida shakllantirish, ularni diaxron asosda tadqiq qilish, frazemalarni struktur-semantik jihatdan tahlil qilish, bunday izlanishlarda bugungi tilshunoslikning yangi yutuqlarini tatbiq qilish tilshunoslik oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Diaxron frazeologiya kam o‘rganilgan yo‘nalishlardan biridir. Mumtoz manbalarda qo‘llanuvchi frazemalar semantik jihatdan turli ma’nolarni ifodalashi bilan xarakterli bo‘lib, ayni shu belgisi ularni semantik jihatdan tasniflashda turli murakkablikni keltirib chiqaradi. XIV asrning ikkinchi yarmiga oid turkiy yozma manbalarga Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” erkin tarjimasi, “Suhayl va Guldursun” dostoni, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari mansub bo‘lib, ushbu asarlarda 390ta frazema qo‘llangani aniqlandi. Mavjud frazemalar ma’nosiga ko‘ra nom bildiruvchi, harakat bildiruvchi, holat bildiruvchi, belgi-xususiyat bildiruvchi, shaxsning xulq-atvorini bildiruvchi frazemalar kabi frazeosemantik guruhga ajratildi. Ushbu maqolada nom bildiruvchi frazemalar semantik jihatdan tahlil qilindi. Ularni tahlil qilishda maydon nazariyasiga asoslandi. Frazeologik birliklar “Qutadg‘u bilik” asaridagi birliklar bilan qiyoslangan holda leksik tarkibi va semantikasidagi taraqqiyot ochib berildi. Fikrlar misollar bilan asoslanib, xulosalar bayon qilindi.
Kalit so'zlar: frazema, ot frazema, sema, semema, semantik tayanch komponent, sheva.
Jurnaldagi sahifalar: 829 - 835