04.01.2024
82
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENTDA VETERINARIYA VA HAYVONLAR ORASIDA KASALLIKLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN SIYOSAT

Muallif: Bazarbayeva, Shohsanam Muratovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining veterinariya ishlari yoritib berilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda vabo, kuydirgi, emkar, umumiy zotiljam kabi chorva mollari kasalliklari yildan yilga koʼpayib borgan va bu holat oʼlkada chorvachilikni rivojlantirishga halaqit bergan. Toshkent shahar veterinariya tashkilotiga o‘tadigan bo‘lsak, u endigina paydo bo‘layotganini va davlat veterinariya tibbiyoti vakillarining doimiy aralashuvi tufayli mustaqil rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganini ta’kidlamaslikning iloji yo`q. Son jihatdan Toshkent shahrida veterinarya shifokorlari etarli darajada emas edi (2 shifokor va 4 feldsher). Chorva mollarining kasallanishi Toshkent shahri tadbirkorlari, qushxonalar va Tramvay deposi uchun katta zararlar keltirgan.

Kalit so'zlar: Toshkent shahri, veterinariya siyosati, veterinar shifokorlar, chorva mollari kasalliklari, qushxonalar, tadbirkorlar, mahalliy xalq.

Jurnaldagi sahifalar: 496 - 502

Yuklab olish