Muallif: Xoliqulova, Gulsanam Yorqulovna
Annotatsiya: Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan shakllangan Hindiston turkiy adabiyoti uning avlodlari tomonidan rivojlandi, gullab-yashnadi. Maqolada Bobur va boburiylar saroyi atrofida Hindistonda shakllangan adabiy muhit, mazkur adabiy muhitning vakillari, turkiy tildagi ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar “Boburnoma” (Bobur), “Humoyunnoma” (Gulbadanbegim), “Tarixi Rashidiy” (Mirzo Haydar), “Muzakkiri ahbob” (Hasanxoja Nisoriy), “Majolisi Jahongiriy” (Qosim Lohuriy), “Ravzat us-salotin” (Faxriy Hiraviy), «Nafoisul-maosirot» kabi adabiy-tarixiy manbalardagi ma’lumotlar asosida umumlashtirildi. Shu jarayonda mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlarga ham munosabat bildirildi.
Kalit so'zlar: Adabiy muhit, Bobur adabiy muhiti, Buyuk boburiylar saltanati, Hindistondagi turkiy adabiyot, ikki tillilik, adabiy-tarixiy manbalar.