Muallif: Qilichova, Munira Azimjon qizi
Annotatsiya: Maqolada xоrijiy mаmlаkаtlаrdа nikоhdаn аjrаtish bilаn bоgʼliq ishlаrnnig о`zigа хоs хususiyаtlаrini tadqiq qilish orqali milliy qonunchilikni hamda mavjud amaliyotni takomillashtirish maqsad qilingan. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasida hamda Buyuk Britaniya, Amerika qo`shma shtatlari, Yaponiya, Germaniya va Belorussiya kabi davlatlarda nikohdan ajratishning oʼziga xos xususiyatlari va tartibini tahlil qilish, huquqiy jihatdan qiyoslash orqali nikohdan ajratish bilan bog’liq munosabatlarning umumiy va farqli jihatlari qonunchilik va amaliyot nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Tadqiqotni amalga oshirishda tizimli-funksiоnаl, fоrmаl-mаntiqiy, qiyоsiy-huquqiy tаhlil kabi mеtоdlаrdаn fоydаlаnilgаn. Tadqiqotning dolzarbligi oila ava nikoh munosabatlarining har doim har bir davlatning siyosati markazida turishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijasida yuqorida keltirilgan xorijiy davlatlarda nikohdan ajratishning tartibi va qonunchiligining samarali jihatlarini milliy qonunchilikka joriy qilish bo`yicha hamda amaliyotni takomillashtirish bo’yicha taklif va xulosalar berishga erishilgan. Ushbu taklif va xulosalar asosida O’zbekiston Respublikasida nihohdan ajratish bilan bog’liq munosabatlar tartibga solinishining takomillashuviga erishiladi.
Kalit so'zlar: nikoh, oila, nikohdan ajratish, er-xotinning huquq va majburiyatlari.
Jurnaldagi sahifalar: 914 - 928