Muallif: Qurbonova, Muharram Jurabekovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada til elementlari, sintaktik figuralar va ularning o‘zbek tilshunosligidagi adabiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga til va adabiyotning aloqadorligi tahlil qilinadi. Sintaktik figuralar ijodkor metodikasini ochib beruvchi badiiy vosita sifatida o‘rganiladi. Ular qo'shimcha ma'no va stilistik rang beradi. Xususan, oksimoron janrlarda kam uchraydigan, ammo kuchli pafos beruvchi sintaktik figuradir. Oksimoronda maʼno jihatidan bir-biriga mos kelmaydigan soʻzlar yonma-yon qoʻllanib, yangi maʼno va favqulodda ajoyib obraz yaratadi. Oksimoron - adabiy asarda kam uchraydigan sintaktik figura. Shoir Xurshid Davronning “Bahordan bir kun oldin” to‘plamida quyidagi oksimoronlar topilgan: G‘amgin shodlik, Qulfsiz kishanlar, soqov bo‘ron, oyday g‘am. Aytish mumkinki, oksimoron - bu antitezaga nisbatan shakllanishi biroz qiyin bo'lgan sintaktik figura.
Kalit so'zlar: Oksyumoron, uslub, poeziya, lingvopoetika, stilistik figura
Jurnaldagi sahifalar: 527 - 531