Muallif: Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada xususiylashtirish tushunchasining kelib chiqish tarixi, mazmun-mohiyati, mazkur tushunchasining yuridik hamda iqtisodiy jihatlari ochib beriladi. Mazkur tadqiqot ishida xususiylashtirish tushunchasi qiyosiy-huquqiy metod asosida tahlil qilinadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, jamiyatda xususiy mulkni ko‘paytirish, davlatning iqtosiyotga aralashuvini kamaytirishning samarali usullaridan biri bu davlatga qarashli bo‘lgan aktivlarni xususiylashtirish sanaladi. Xususiylashtirish nafaqat davlat mulkni begonalashtirish, balki yangi iqtisodiy tuzilmalarni shakllantirish, xo‘jalik jamiyatlariga ular uchun avval yopiq bo‘lgan iqtisodiyot sohalarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratishdir. Xususiylashtirish iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobatni rag‘batlantirish, davlat va mahalliy byudjetlarni to‘ldirish muammolarini hal qilishga imkon beradi. Xususiylashtirish natijalari, uning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan davlat va kommunal mulkni jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiga ajratish munosabatlarini huquqiy tartibga solish mexanizmining qanchalik mukammalligiga bog‘liq. Xususiylashtirish tushunchasi esa iqtisodiy va huquqiy jihatdan talqin qilinadi. Shu jihatdan ushbu maqolada xususiylashtirish tushunchasi, uning iqtisodiy, huquqiy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada doktrinal va normativ konsepsiyalarning xususiylashtirishga turlicha yondashuvlari yoritiladi. Shu munosabat bilan xususiylashtirish atamasini huquqiy kategoriya sifatida, ammo iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda kengaytirilgan talqin qilish zarur degan xulosaga kelishdi.
Kalit so'zlar: xususiylashtirish, davlat mulki, aktivlar, xususiy mulk, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, davlat ulushi, xo‘jalik jamiyati, ulush, aksiya.
Jurnaldagi sahifalar: 91 - 100