10.12.2023
123
XVIII-XIX ASRLAR BUXORO AMIRLIGI ME’MORLIGIDA AMALIY SAN’ATNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Muallif: Shukurova, Lobar Sherbayevna

Annotatsiya: Buxoro – Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, Buyuk Ipak yo‘lidagi eng yirik va mashhur markazlardandir. Shahar minglab yillar bilan o‘lchanadigan o‘zining boy va ulkan barpo etilish tarixi, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-diniy qadriyatlarning rivojiga qo‘shgan hissasi bilan butun jahonga dong‘i ketgan. Bu shaharning har bir go‘shasida – boy tarixga ega minoralari, osori-atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o‘tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Islom madaniyati va san’atining ajralmas qismlari – xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, zardo‘zlik, me’morlik, gilamdo‘zlik, misgarlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi sohalarida ham buxorolik ustalar va hunarmandlar hamisha peshqadam bo‘lganlar. Ular haqida ko‘plab asarlar, adabiyotlar va manbalarda ta’rifi tavsiflar bitilgan. Ammo ota-bobolarimiz aql zakovati bilan bunyod etilgan ushbu bebaho yodgorliklarda ko‘llanilgan badiiy-amaliy bezak san’ati hamda oddiy turmushda foydalanib kelingan qo‘li gul, mohir xalq usta-hunarmandlari tomonidan yaratilgan chinakam amaliy san’at asarlari haqida alohida tadqiqot yaratilmagan. Ushbu maqolada dunyo tamadduniga beshik bo‘lgan shaharlardan biri – Buxoroi Sharifning XVIII-XIX asrlardagi me’morchiligidagi o‘ziga xos ayrim jihatlar yoritilgan. San’atshunos va tarixshunos ba’zi olimlarning ushbu davrlarda xalq amaliy san’atning rivojlanishi haqidagi ilmiy qarashlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Buxoro, xonlik, madrasa, masjid, amirlik, hunarmand, me’morchilik, amaliy bezak, an’ana, obida, naqqoshlik, san’at, naqsh, gumbaz, uslub, peshtoq.

Jurnaldagi sahifalar: 5 - 11

Yuklab olish