02.04.2022
560
YANGI OCHILGAN HOLATLAR XORIJ TAJRIBASIDA

Muallif: Mardanova, Iroda Husniddin qizi

Annotatsiya: Maʼlumki, amaldagi qonunlarimizda sudning hal qiluv qarori yoki ajrimi ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatda yuqori instantsiyalarga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Bu fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev takidlagandek “Yangi O‘zbekistonning poydevorini yaratishda, eng avvalo, inson huquqi va erkinliklarini taʼminlash, uni oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etadi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son Qarori bilan tasdiqlangan “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi takomillashtirish Konsepsiyasi”ning I bob 1-bandida “Jinoyat qonunchiligini xalqaro standardlarga unifikatsiya qilinganligi va muvofiqlashtirilganligi nuqtayi nazaridan inventarizatsiya qilish” muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ushbu maqolada rivojlangan davlatlarning jinoyat qonunchiligi, sud qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi o‘rganilgan va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: apellyatsiya, kassatsiya, yangi ochilgan holatlar, printsip, protsess, jinoiy javobgarlik, hukm, sud qarorlarini qayta ko‘rish,

Yuklab olish