Muallif: Choriyeva, Charos Eshburiyevna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida “ma’naviy makon” tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda bugungi kunda ushbu sohada ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ma’naviy makonni shakllantirishning tarixiy asoslari bilan bir qatorda, globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida milliy o‘zlikni anglash, jadidlar merosini o‘rganish va "Komil inson" g‘oyasini tizimli rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, yangi ma’naviy makonni yaratish borasidagi ustuvor vazifalar aniqlashtirilib, ma’naviy makon va milliy-madaniy meros tushunchasining o‘zaro dialektikasi tahlil qilingan [2, 342-b.]. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning institutsional asoslari va jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy xulosalar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar: Ma’naviy makon, milliy-madaniy meros, Yangi O‘zbekiston, jadidlar, majoz tariqi, ma’naviy faoliyat, komil inson, ma’naviy immunitet, globallashuv.
Jurnaldagi sahifalar: 110 - 113