Muallif: Muminova, Dilfuza Baxadirovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi Oʼzbekistonda jamiyatni yanada demokratlashuvida jamoatchilik nazoratini taʼminlashda jurnalistik faoliyatning oʼrni haqida so’z boradi. Bugungi kunda, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishida jamoatchilik nazorati omili juda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich oʼtkazilayotgani haqida so’z boradi. Jamoatchilik nazoratining shakllari haqida hamda jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazorati muhimligi haqida aytib o’tilgan.
Kalit so'zlar: jamiyat, jamoatchilik, nazorat, huquq, erkin, senzura, matbuot, jurnalist, mustaqil, ijtimoiy, ijodiy, demokratik jamiyat.
Jurnaldagi sahifalar: 240 - 245