07.01.2026
3
YANGI OʻZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH JARAYONLARI

Muallif: Nurxonov, Muhammadi Nabi o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonlarining asosiy yo‘nalishlari va ularning konseptual-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berilishi, kredit-modul tizimining joriy etilishi, raqamli ta’lim texnologiyalarining keng qo‘llanilishi, xalqaro hamkorlik va akademik mobillikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada mazkur islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri ham ilmiy jihatdan yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Yangi Oʻzbekiston, oliy ta’lim tizimi, modernizatsiya, ta’lim islohotlari, kredit-modul tizimi, akademik mustaqillik, raqamli ta’lim, xalqaro integratsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 436 - 441

Yuklab olish