Muallif: Aliqulov, Jaxongir Muhiddinovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon yozuv tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblangan hiragana yozuv tizimining shakllanish jarayoni lingvistik va tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hiragananing kanji yozuvidan kelib chiqishi, manyogana tizimi orqali fonetik yozuvga o‘tish bosqichlari hamda grafematik va fonologik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, yapon tilining mora asosidagi fonologik tuzilishi hiragana yozuvining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Maqolada hiragana yozuv tizimining Heian davridagi sotsiolingvistik ahamiyati ham ko‘rib chiqilib, uning yapon adabiy tilining milliylashuvidagi o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari hiraganani nafaqat fonetik yozuv tizimi, balki yapon tilining milliy lingvistik fenomeni sifatida baholash imkonini beradi.
Kalit so'zlar: hiragana, yapon yozuvi, manyogana, fonologiya, grafematik evolyutsiya, mora.
Jurnaldagi sahifalar: 429 - 435