Muallif: Umarova, M.X.; Oqilova, S.Sh.
Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon tili suhbatlarida suhbatdoshining biror taklif,so‘rov va iltimosiga rad etishda foydalaniladigan ちょっと(sal,biroz) noaniqlikni ifodalovchi so‘zni pragmatik jihatdan ya’ni insonlararo muloqotdagi rolini aniqlanadi, hamda, o‘zbek tili bilan o‘xshash va farqli jihatlarini chuqur tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi ちょっと(sal, biroz) so‘zining taklif,so‘rov,iltimosga rozilik, ma’qullash va tasdiqlashdan tashqari rad etish,norozilik va yoqtirmaslikni bildiruvchi ma’nolarini yuz ifodasi (FTA), intonatsiya, nutq akti (speech act) va vaziyatni hisobga olish lozimligini batafsil tushuntirishdan iborat.
Kalit so'zlar: rad etish birliklari, ちょっと(sal,biroz), yuz ifodasi (FTA), intonatsiya, nutq akti (speech act), pragmatik tahlil.
Jurnaldagi sahifalar: 113 - 118