Muallif: Umarova, M.X.; Sabirova, Y.A.
Annotatsiya: Ushbu maqola ona tilisi boshqa bo’lgan yapon tili o’rganuvchilarining til grammatikasini o’rganishdagi qiyinchiliklarini inobatga olib, oddiy misollar orqali o’quvchiga tushunarli bo’lishini nazarda tutgan holda yapon tilidagi bir biriga ma’no jihatidan o’xshash bo’lgan ようだ[yo:da] va らしい[rashii] birliklarining semantik tahlilini o‘z ichiga oladi. Bu birliklar taxminlar ifodalanishida o‘zaro farqlanib, biri subyektiv kuzatishlarga, ikkinchisi esa bilvosita manbalarga asoslangan taxminni bildiradi. Bunga qo’shimcha ravishda ushbu konstruksiyar taxminlardan tashqari yana boshqa ma’nolarda qo’llanilishi va ishlatilish qoidalari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: yapon tili, ようだ, らしい, semantik tahlil, o’xshatish, taqqoslash, taxminni ifodalash, konstruksiya, til, grammatika.
Jurnaldagi sahifalar: 213 - 318