15.12.2024
71
YAPON VA O’ZBEK XALQ MAQOLLARIDA YAXSHILIK VA YOMONLIK TUSHUNCHASI: ZOONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARI ASOSIDA

Muallif: Miraximova, Malika Inomjon qizi

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot ishida yapon va o’zbek xalq maqollaridagi inson tashqi ko’rinishidan tortib ichki dunyosigacha yaxshi yoki yomon obrazda tasvirlab beruvchi zoonimlarning xususiyatlari o’rganildi. Ikki tildagi maqollardan zoonim komponentlilarini topib ular ishora qilayotgan ma’noga qarab pozitiv va negativ ma’nolilari ajratib olindi. Yapon tilidagi maqolning o’zbek tilidagi analogi mavjud bo’lsa, keltirilib, bo’lmasa to’g’ridan to’g’ri mazmuni yozildi. O’zbek xalq maqollari ham shu tarzda ajratib olindi. Keltirilgan maqollar birma-bir ko’rib chiqildi va tahlil qilindi. Ikki davlat xalq og’zaki ijodi bo’lmish maqollarda ma’lum zoonim qanday tasavvur uyg’otishi o’rganildi. Lingvomadaniyat prizmasi orqali obyektlarni turli xilda ifodalash, insonlarni hayvonlar bilan taqqoslagan holda ularga ta’rif berish o’rganildi. Shu yo’l bilan ikki xalqning mentaliteti, umuman olganda butun madaniyat haqida tushuncha hosil qilindi.

Kalit so'zlar: yapon tili, maqol, zoonim, yaxshilik, yomonlik.

Jurnaldagi sahifalar: 23 - 28

Yuklab olish