Muallif: Alimov, Oqiliddin
Annotatsiya: Iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan murakkab muammolar va global tendensiyalarga javoban davlatlar barqarorlikka erishish maqsadida o‘z energetika strategiyalarini qayta ko‘rib chiqmoqdalar. Ushbu yo‘nalishda Yaponiya hukumati ham o‘z sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda. Yaponiyaning 2050 yilgacha mo‘ljallangan “sof nol emissiyalar” (“Net Zero”) strategiyasi qator muhim siyosiy va iqtisodiy omillar ta’sirida shakllanmoqda. Ular qatorida mamlakatning milliy energiya resurslarining cheklanganligi, geografik jihatdan murakkab joylashuvi, demokratik bo‘lmagan davlatlarga bog‘liqligi hamda geosiyosiy beqarorliklarga nisbatan yuqori darajadagi zaifligi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada ushbu strategiyalarning Yaponiyaning energetika xavfsizligiga, Yaqin Sharqdagi muhim energiya resurslari eksportyorlari bilan munosabatlariga hamda Sharqiy Osiyo mintaqasidagi yetakchilik roliga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: “yashil energetika” diplomatiyasi, “Yashil” transformatsiya (GX) tashabbusi, “Yashil o‘sish strategiyasi”, 2050 yilgacha mo‘ljallangan “sof nol emissiyalar” (“Net Zero”) strategiyasi, energetika xavfsizligi, energiya resurslari diversifikatsiyasi.
Jurnaldagi sahifalar: 629 - 636