Muallif: Inamova, Sevara Farhad qizi
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada Yaqin Sharq mintaqasida suv resurslarining geosiyosiy ahamiyati, davlatlararo munosabatlarga ta’siri va mintaqaviy xavfsizlikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Nil, Iordaniya, Dajla va Frot daryolari, Shatt al-Arab havzasi hamda Falastin hududidagi suv masalalari misolida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha qarama-qarshiliklar, hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Yaqin Sharqdagi transchegaraviy daryolar havzasida yuzaga kelayotgan geosiyosiy ziddiyatlarni tahlil qilish va ularni "suv diplomatiyasi" mexanizmlari orqali hal etish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: MENA mintaqasidagi suv resurslarining geografik joylashuvi va taqsimlanish xususiyatlarini aniqlash; Nil, Iordaniya, Dajla-Frot va Shatt al-Arab havzalaridagi gidrohegemonlik harakatlari va ularning quyi oqim davlatlariga ta’sirini baholash; Mintaqada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan "suv urushlari" xavfini kamaytirishda xalqaro huquqiy normalar va suv diplomatiyasining rolini ko‘rsatib berish.
Kalit so'zlar: suv geosiyosati, Yaqin Sharq, MENA Nil daryosi, Dajla va Frot, suv xavfsizligi, transchegaraviy suvlar suv diplomatiyasi.
Jurnaldagi sahifalar: 27 - 36