13.04.2025
72
YENGIL SANOATGA OID PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING MADANIY TALQINI

Muallif: Qarshiyev, Y.

Annotatsiya: Mazkur maqolada yengil sanoatga oid paremiologik birliklarning madaniy talqini lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil etilgan. O‘zbek va ingliz tillaridagi maqol va matallarda uchraydigan kiyim-kechak, tikuvchilik, mato, hunarmandchilik kabi konseptlar orqali har ikki xalqning estetik qarashlari, axloqiy qadriyatlari, gender stereotiplari va ijtimoiy tafakkuri ochib beriladi. Shuningdek, maqolada paremiologik birliklarning tarjima muammolari, realialar bilan bog‘liq madaniy tafovutlar va ularning lingvistik ifodalanishi misollar asosida yoritiladi. Maqola yakunida yengil sanoatga oid paremalarni madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so'zlar: paremiologik birlik, lingvokulturologiya, yengil sanoat, madaniy talqin, maqol, matal, tarjima, realia.

Jurnaldagi sahifalar: 360 - 364

Yuklab olish