Muallif: Saminjonova, Zulayho Ibrohimjon qizi; Abduvositov, Xumoyun Faxriddin o‘g‘li
Annotatsiya: “Ijtimoiy-psixologik yolg‘izlik” tushunchasining tadqiq qilinishi “yolg‘izlik” atamasining mazmun-mohiyatini to‘la ochib berish muhimligini ko‘rsatadi. “Yolg‘izlik” atamasi turlicha talqinga ega. Unga ta’rif berishning murakkabligi shundaki, u ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida aniq ifodalanadigan mezoniy chegaralarga ega emasligi va individual aks ettiriladigan kechinma sifatidagi psixik omillarni murakkablashtirishidadir. Yolg‘izlik muammosi sotsiologiya, falsafa, psixologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika, tibbiyot va dinshunoslik kabi insoniya taraqqiyotini ifodalaydigan fanlarning o‘rganish obyektiga kiradi. Ularning har biri yolg‘izlik fenomenini o‘z fanining tadqiqot doirasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi va yangidan-yangi konseptual jihatlar bilan boyitishga urinadi. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash joizki, mazkur muammoning nazariy hamda amaliy tomondan ishlab chiqilishi ijtimoiy psixologiya doirasida dolzarblilikni kasb etadi, chunki yolg‘izlik fenomeni insonlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga bevosita taalluqli. Ushbu maqolada yolg‘izlik hissining ifodalanishiga oid turli qarashlarning nazariy tahlili bayon qilingan.
Kalit so'zlar: yolg‘izlik, tanholik, begonalashish, destruktiv xulq, dezadaptatsiya, yakkalanish, quvg‘inlik, hissiy holat, desotsializatsiya
Jurnaldagi sahifalar: 368 - 375