Muallif: Butunov, Dilmurod Baxodirovich; Shukurov, Murodulla Sulaymon o‘g‘li; Pardayeva, Umida NorbayevnaBo‘riyev, Shuxrat Xamroqul o‘g‘li
Annotatsiya: Ishdan maqsad yo‘lovchilarga chipta sotish jarayonini takomillashtirish orqali qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish va integratsiyalashgan jamoat transportini yaratishdan iborat. Joriy chipta sotish tizimi, tashishgacha, tashish jarayonidagi va tashishdan keyingi xizmat turlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra tizimdagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi va ularning yo‘lovchilarga noqulaylik darajalari baholandi. Integratsiyalashgan jamoat transportini yaratish maqsadida chipta sotish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim, ya’ni NFC va QR-kod tizimida ishlay oladigan “Transport” ilovasini va shunga mos ravishda “Fuqaroning transport kartasi” nomli kartalarni va tegishli transport xodimlari uchun “Transport terminali”ni yaratish taklifi va uni amaliyotga joriy qilish mexanizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish jamoat transportlarida yo‘lovchi oqimlarining oshishiga va aholining tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyatlarini beradi.
Kalit so'zlar: Chipta, yo‘lovchi, temir yo‘l, havo yo‘llari, avtomobil yo‘llari, fuqaroning transport kartasi, transport terminali.
Jurnaldagi sahifalar: 677 - 684