Muallif: Axmedova, Dilrabo Sa’dullayevna
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning ongu shuurida vatanparvarlik va milliy g'urur g'oyalarini mustahkamlash uchun olib boriladigan ishlar, ularning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Mavzuga oid adabiyotlar o'rganildi, mavzuning dolzarbligi ochib berildi. Yoshlar ongida vatanparvarlik va milliy g'urur tushunchalarini shakllantirish uchun ta'lim tizimida, oilada, mahallada va ommaviy axborot vositalarida olib borilayotgan ishlar o'rganildi va tahlil qilindi. Shuningdek, bu boradagi kamchiliklar va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar: yoshlar, vatanparvarlik, milliy g'urur, ta'lim, tarbiya, ongu shuuri, milliy qadriyatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 134 - 140