20.05.2024
198
YOZYOVON HUDUDIDA QAYD ETILGAN EREMIAS (REPTILIA:SQUAMATA) URUG‘I VAKILLARINING SISTEMATIKASI

Muallif: Yo‘ldashev, Shohruh

Annotatsiya: Tadqiqotning maqsadi Yozyovon hududi gerpetofaunasining xilma-xilligini o‘rganish va tarqalish arealini hududlar kesimida tahlil qilishdan iborat. Maqolada Yozyovon gerpetofaunasini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatining Yozyovon hududida 2023-yilning sentabr-oktabr oylarida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar natijalari taqdim etilmoqda. Kuzatuv tadqiqotlarimiz “Yozyovon tabiat yodgorligi” va Yangiobod cho‘llarida olib borildi. Tadqiqot natijasida 1 oila 1 urug‘ga mansub 4 tur aniqlanganini ma’lum qilamiz: Kaltakesaksimonlar (Lacertilia) kenja turkumiga oid 4 tur: chiziqli kaltakesakcha (Eremias lineolata Nikolskii, 1897), o‘rtacha kaltakesakcha (Eremias intermedia Strauch, 1876 ), ildam kaltakesakcha (Eremias velox Pallas, 1771) va tojik kaltakesakchasi (Eremias regeli Bedriagai, 1905).

Kalit so'zlar: Yozyovon tabiat yodgorligi, reptilia, squamata, lacertilia, eremias.

Jurnaldagi sahifalar: 204 - 210

Yuklab olish