04.05.2022
480
YURAK ISHEMIK KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA TROMBOTSITLAR AGREGATSIYASI VA UNGA ASPIRINNING TA’SIRINI BAHOLASH

Muallif: Xodjanova, Sh.I.

Annotatsiya: Klinik amaliyotda aspirinni qabul qiluvchi bemorlarda ob’ektiv klinik-laborator mezonlar asosida kelib chiqadigan aspiringa rezistentlikni o‘z vaqtida laborator tashxislash zamonaviy tibbiyotdagi oxirigacha hal qilinmagan muammolaridan biri hisoblanadi. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda trombotsitlar agregatsion faolligini aniqlash va aspirinning trombotsitlar agregatsiyasiga ta’sirini baholash. Tadqiqot uchun turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi II–III funksional sinfi tashxisi bilan davolangan 116 nafar bemorlar tanlandi. 1-guruhga –bir yilgacha aspirin qabul qilgan, 2-guruhga – aspirinni 1 yildan 5 yilgacha va 3-guruhga – aspirin preparatini 5 yildan ko‘p muddat davomida qabul qilayotgan bemorlar kiritildi hamda nazorat guruxini ASK qabul qilmagan bemorlar tashkil qildi. Trombotsitlarning spontan hamda ADFning 0,1, 1,0 va 5,0 mkmol indutsirlangan agregatsiyalari baholandi. Trombotsitlar agregatsiyasining barcha ko‘rsatkichlari nazorat guruxini tashkil qilgan aspirin qabul qilmagan bemorlarda aspirin qabul qilgan 1chi va 2 chi guruxdagi bemorlar ko‘rsatkichlariga nisbatan statistik ahamiyatli tarzda yuqori ekanligi qayd etildi (r<0,05). Aspirin qabul qilish davomiyligi 5 yildan ortiq bo‘lgan 3 guruh bemorlari agregatsiya ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan past ekanligi aniqlandi, ammo farqlar statistik ahamiyatga ega bo‘lmadi (r>0,05). 3-guruhdagi bemorlarda esa trombotsitlarning spontan va ADF-indutsirlangan agregatsiyasi ko‘rsatkichlari 1chi va 2 chi guruh bemorlari ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lib, statistik ishonarli farqlar 1 gurux bemorlari ko‘rsatkichlariga nisbatan kuzatildi (spontan agregatsiya 1,7±0,09 r<0,05, 0,1 mkm ADF-indutsirlangan agregatsiya 6,58±0,86 r1<0,05, 1,0 ADF-indutsirlangan agregatsiya 16,51±1,63 r1<0,01, 5,0 ADF-indutsirlangan agregatsiya 58,44±3,72 r1<0,01). Aspiringa rezistentlik ulushi 32,6% ni tashkil etdi. Aspirin qabul qiluvchi yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda aspiringa rezistentlikni aniqlash maqsadida trombotsitlar funksional faolligini trombotsitlar agregatsiyasi tekshiruvi orqali baholash zarur. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda aspirin qabul qilish davomiyligi oshgan sari Aspiringa rezistentlik paydo bo‘lish ehtimoli ortib boradi va antiagregant faollik oshib boradi.

Kalit so'zlar: yurak ishemik kasalligi, aspirin, trombotsitlar agregatsiyasi, aspirinrezistentlik.

Jurnaldagi sahifalar: 883 - 892

Yuklab olish