Muallif: Sulaymonov, Qo‘zibek Abdug‘affor o‘g‘li; Hamitova, Farangiz Musurmon qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish jarayonini tashkil etishning metodik asoslari o‘rganildi. Tadqiqotda adabiyot darslarida qo‘llaniladigan interfaol yondashuvlar va an’anaviy o‘qitish usullari tahlil qilindi. Shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishda klaster, Venn diagrammasi, debat va rolli o‘yinlar kabi metodlarning didaktik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari Bobur ijodini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning metodik ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so'zlar: Bobur, adabiyot metodikasi, interfaol ta’lim, pedagogik yondashuv, o‘qitish texnologiyalari.
Jurnaldagi sahifalar: 59 - 64