22.05.2025
6
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – TARIXCHI VA SARKARDA SIFATIDA

Muallif: Xalilova, Gulnigor Sunnatillo qizi; Sayfullayev, Behruz Dilshod o’g’li

Annotatsiya: Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning tarixchi va sarkarda sifatidagi faoliyati tahlil qilinadi. Bobur o‘z davrining yirik harbiy arbobi bo‘lishi bilan birga, chuqur bilimga ega tarixchi ham bo‘lgan. Ayniqsa, uning “Boburnoma” asari XV–XVI asrlar voqealari, siyosiy vaziyat va xalq hayoti haqida muhim tarixiy manba sifatida baholanadi. Maqolada Boburning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi tajribasi, Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solishi hamda adolatli va bag‘rikeng siyosati alohida yoritilgan. Bobur nafaqat o‘z zamonasining, balki jahon tarixining ham yuksak siymolaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur maqola yosh avlodda tarixiy ongni shakllantirish, Bobur merosini chuqur o‘rganish va uni qadrlashga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburxona, tarixchi, sarkarda, panipat jangi , adolatli boshqaruv, madaniy meros, siyosiy faoliyat.

Jurnaldagi sahifalar: 709 - 712

Yuklab olish