Muallif: Xujayev, Muminjon Isoxonovich
Annotatsiya: Maqolada O‘rta Osiyo tarixi, falsafasi, madaniyati, ma’naviyati, sharqshunoslik, islomshunoslik, jadidchilik, turkiy tilshunosligi haqida ulkan meros qoldirgan olim va faylasuf olim Ahmad Zaki Validiy To‘g‘onning hayoti va ijodini o‘rganar ekanmiz olimning tarix, falsafa, islom ilmida nihoyatda ulkan meros qoldirganligini guvohi bo‘lamiz. Ahmad Zaki Validiy To‘g‘onning ilmiy merosi 400 dan ortiq ilmiy tadqiqotni tashkil etadi. Professor Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on o‘zining falsafa fanlari doktorligi diplomi mavzusi “Ibn Fadlanning “Sayohatnomasi””sida turkiy xalqlarning ma’naviy, tarixiy, diniy-falsafiy merosini o‘rganishda o‘ziga xos konseptual-metodologik asosda tadq iq etilishini alohida qayd qilgan. Shuningdek maqolada olimning Turkistonda olib borgan arxeografik tadqiqotlari faoliyati haqida sharqshunos olimlarning ishlarida qayd etishadi. Bundan tashqari, olimning yaqin Sharq va O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyati haqida olib borgan ilmiy safarlari (1913-1914) va Turkiston tarixi metodologiyasi va etnografiyasi haqida tadqiqot olib borganligi to‘g‘risida, uning sharqshunoslik, tarixshunoslik va islomshunoslik sohasidagi merosini o‘rganishda asarlari va ilmiy maqolalarida bayon qilingan. Zaki Validiy Hindlarning Mohanjodaro madaniyatini diniy-falsafiy tahlilida O‘rta Osiyo turkiylari tarixida turmush tarzidagi uchraydigan o‘xshashliklari aslida turkiylar va mo‘g‘ullarga qarashli bo‘lganligi tadqiqi keltirilgan. Turkiy va mo‘g‘ullarning davlat tashkiloti, Turkiston shahri viloyatlari, shomonlarning falsafiy, moddiy-ma’naviy olam haqidagi tasavvurlari bunga yaqqol dalilligi, garchi ularning kosmogoniyalari boshqa madaniyatlar ta’siriga uchragan bo‘lsa-da, xususan, hukmdorni oq kigizga 4 burchidan ushlab ko‘tarish, o‘lkani bo‘lib idora qilish, kigiz burchidan ushlagan qabila biylariga davlat ishlarida suyanish, shaharlarning to‘rt burchakli ekanligi, to‘rt darvozaga olib boruvchi to‘rtta shohko‘chaning shahar bo‘ylab cho‘zilganligi ham tadqiq etilgan. Turkiston tarixi to‘g‘risida yozgan asarlarida Zaki Validiy nafaqat tarixchi, balki sharqshunos olim sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning o‘z ilmiy izlanishlari asosida turkiy xalqlarning jahon sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan ta’sirini ilmiy-amaliy jihatdan isbotlashga harakat qiladi. Validiyning islomshunos, sharqshunos, manbashunos, tarixchi, turkiyshunos bo‘lib yetishishida uning Turkistonga 1913-1914 yillardagi ilmiy safari katta ahamiyat kasb etgan. O‘zbekiston, xususan turkiy xalqlar boy ma’naviy va madaniy meroslaridan bo‘lmish diniy-falsafiy qarashlari asosida bugungi avlod ongida qadimiy milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizga doir xorijdagi asarlarni olib kelish va tadqiq qaratilgan.
Kalit so'zlar: Turkiston, turkiy, tadqiqot, ma’naviyat, O‘rta Osiyo, milliy, madaniyat, tarix, hudud, xalq, sayyohat, xorij, sharq