12.10.2023
139
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TALABALARNING DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Muallif: Bafoyeva, Shohida Toyirovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning dunyoqarashini rivojlantirish usullari ilmiy jihatdan ochib berilgan. Bundan tashqari, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limni rivojlantirish eng asosiy vazifa sifatida belgilannishi, pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi roli, pedagogik mahorat yordamida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari, ular vositasida talabalarning tafakkurini, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarning ko‘rinishlari, pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari kabi masalalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Zamonaviy ta’lim, pedagogik texnologiya, an’anaviy ta’lim, an’anaviy dars texnologiyasi, loyihalashtirilgan ta’lim, shaxsning rivojlanishi, ta’lim texnologiyasi, o‘qitish jarayoni.

Jurnaldagi sahifalar: 662 - 669

Yuklab olish