17.07.2022
427
ZAMONAVIY TADQIQOTLARDA METAFORA VA TARJIMA MASALASI

Muallif: Qurbonova, Mavluda

Annotatsiya: Tilshunoslikning stilistika bo‘limida metafora nutqning bezagi, fikr ifodalashning o‘ziga xos shakli ekani e’tirof etiladi. Lingvomadaniy tadqiqotlar doirasida maydonga kelgan ilmiy qarashlar metaforani ma’lum bir xalqning milliy, o‘ziga xos, spesifik dunyoqarashini ifoda etuvchi muhim vositalardan biri tarzida o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatdi. Metafora milliy dunyoqarashni ifodalovchi vositalardan biri ekanligi, ularni tarjimada qayta yaratishda tarjimon oldiga murakkab vazifani qo‘yadi. Ushbu maqolada metaforani anglash va olam manzarasini tasvirlashda oz‘iga xos usul sifatida qo‘llashning zamonaviy yo‘nalishlari tadqiq etildi. Bu o‘rinda metaforani shakllantiruvchi elementlar, uning turlari, tarjima jarayonida metaforaning o‘ziga xos xususiyatlari, muammolari o‘rganildi.

Kalit so'zlar: metafora, olam manzarasi, tarjima, metafora komponentlari

Jurnaldagi sahifalar: 246 - 251

Yuklab olish