03.05.2023
485
ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMIDA O’ZBEK TILINI O’QITISHNING TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARI

Muallif: Rahmatjonov, Shahzodxon Shodiboyzoda

Annotatsiya: Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Shuningdek ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kun sayin kuchayib bormoqda. Ushbu maqolada, zamonaviy taʼlim tizimida o’zbek tilini o’qitish texnologiya va innovatsiyalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy taʼlim, o’zbek tili, texnologiya, innovatsiyalar, metodika, kompetensiya, talabalar, kommunikativ savodxonlik.

Jurnaldagi sahifalar: 912 - 917

Yuklab olish