26.07.2022
342
ZAMONNI IFODALOVCHI GRAMMATIK SHAKLLAR ANNOTATSIYASIDA FE’L LEKSIK MA’NOSINING AHAMIYATI

Muallif: Xonnazarov, Elyor G‘ofurovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tili korpuslarida zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni annotatsiyalash jarayonida fe’l leksik ma’nosining ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, hozirgi davomli zamon grammatik shakllarining ayrim fe’l asoslari bilan qo‘llanila olmasligi fe’llarning semantikasi bilan aloqadorlikda tushuntirilgan. -a (-y) shaklining hozirgi yoki kelasi zamon ma’nosini anglatishida fe’l leksik ma’nosining ta’siri misollar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: korpus, fe’l, zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, davomli zamon, grammatik shakl, kontekst, annotatsiya, nutq momenti, leksik ma’no.

Jurnaldagi sahifalar: 465 - 471

Yuklab olish