26.01.2022
494
ZARURIY MUDOFAANING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Muallif: Otegenova, Luiza Joldasbaevna

Annotatsiya: Mazkur maqolada zaruriy mudofaaning nazariy va amaliy jihatlarining o‘ziga xosligiga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada zaruriy mudofaa tushunchasi, zaruriy mudofaa institutini tadqiq etish masalalari va uning o‘ziga xos shartlari borasida olimlarning fikirlari tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada sodir qilingan qilmishni zaruriy mudofaa deb topishda ahamiyat berish lozim bo‘lgan bir qancha jihatlar mavjud bo‘lib, bunda: zaruriy mudofaa aktini qo‘llash uchun tajovuz ijtimoiy xavfli bo‘lishi kerakligi va tajovuz mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlariga, davlat yoki jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan bo‘lishi kerakligi ham bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, xujumdan himoyalanishdagi zarar faqat tajovuzchiga yetkazilgan bulishi lozimligi zaruriy mudofaada asosiy shart bo‘lib, ushbu shart zaruriy mudofaa hamda oxirgi zaruratni bir-biridan farqlab to‘ruvchi holatlardan biri ham ekanligi qayd etiladi. Mazkur maqolada zaruriy mudofaa institutining eng muhim xususiyatlaridan yana biri zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuzlarga qarshi qaratilgan bo‘lishi ekanligi ham ta’kidlab o‘tgan. Zaruriy mudofaa huquqiyligining navbatdagi belgilangan sharti ijtimoiy xavfli tajovuzning mavjudligi hamda tajovuz bo‘lmagan hollarda tajovuzchi ham bo‘lmaydi, tajovuzchining yo‘qligi esa zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi yuzasidan ham xulosalarga kelingan.

Kalit so'zlar: Zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoiy, istisno qiluvchi, holatlar, qilmish, nazariy, ijtimoiy, xavfli, tajovuz.

Yuklab olish