30.06.2025
22
ЎЗБЕКИСТОННИНГ ЯПОНИЯ БИЛАН ИПАКЧИЛИК СОҲАСИДАГИ ҲАМКОРЛИГИНИ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИДАН

Muallif: Азизов, Сирож Шодманкулович

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ipakchilik sohasida hamkorlikni rivojlantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi – Turkistondan to bugungi O‘zbekistongacha bo‘lgan davrda ipakchilikning rivojlanish bosqichlari, jumladan, Yaponiya mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshirilgan, pirovardida butun ipakchilikka katta ta’sir ko‘rsatgan qo‘shma loyihalarning tarixiy tavsifini berishdan iborat. Tadqiqot natijasida quyidagi yutuqlarga erishildi: O‘zbekiston olimlarining tutning turli navlari bo‘yicha nazariy ishlanmalari, shuningdek, Yaponiyadan laboratoriya jihozlari almashildi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, keyingi 30 yilda o‘zbek-yapon ipakchilik aloqalari yanada mustahkamlanib, ko‘plab delegatsiyalar almashinuvi, aloqalarning o‘rnatilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka xizmat qildi.

Kalit so'zlar: Ipakchilik, dehqonchilik, pilla, tut navlari (yapon navlari), ipakchilik sohasida Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligi, olimlar almashinuvi.

Jurnaldagi sahifalar: 30 - 41

Yuklab olish