Muallif: Xamdamov, Erkin Ibodullayevich
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ziyo Go‘kalpning hissiy va ratsional axloq haqidagi qarashlari o‘rganiladi. Ziyo Go‘kalp, Turkiya modernizatsiyasi davrining yetuk mutafakkiri sifatida, axloqni ikki asosiy qismga ajratadi: hissiy va ratsional. Hissiy axloq odamlarning tabiiy hissiyotlariga, diniy va an’anaviy qadriyatlarga asoslanadi, ratsional axloq esa insonning aqliy faoliyati va mantiqiy tahliliga tayangan holda shakllanadi. Muallif bu ikki axloq turining jamiyatni barqarorlashtirishdagi o‘rni, ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini to‘ldirishi haqida batafsil to‘xtaladi. Go‘kalpning fikricha, hissiy axloq ijtimoiy birlik va birdamlikni ta'minlasa, ratsional axloq jamiyatni rivojlantirish va innovatsion o‘zgarishlarga yo‘l ochadi. Ushbu qarashlar hozirgi zamon jamiyatlarida axloqiy qadriyatlarni anglash va ularni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: Ziyo Go‘kalp, hissiy axloq, ratsional axloq, axloq falsafasi, Turkiya modernizatsiyasi, ijtimoiy birlik, axloqiy qadriyatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 154 - 161