Muallif: Насирова, Саодат Абдуллаевна
Annotatsiya: Huquqiy tizim qadimgi Xitoy siyosiy tizimining eng muhim elementi edi. Qadimgi Xitoy hukmdorlari ham qonunlardan boshqaruv apparati va amaldorlarni nazorat qilish vositasi sifatida foydalanganlar. Barcha sulolalar boshqaruv apparatini tashkil etish va faoliyat yuritish hamda mansabdor shaxslarning martabalar tizimiga oid maʼlum maʼmuriy qonunlar va qoidalarni oʻrnatdilar. Qadimgi Xitoyda turli qonunlar va farmonlar birgalikda chiqarilib, ular farqlanmagan boʻlsa-da, Tan sulolasidan keyin alohida maʼmuriy kodekslar ham mavjud boʻlgan. Ushbu maqola Xitoyning huquqiy tizimi bilan bog'liq ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning rivojlanishini xronologik tahlil qilishga harakat qiladi.
Kalit so'zlar: ijtimoiy-siyosiy terminologiya, huquq tizimi, ma’muriy boshqaruv, siyosiy tizim, ierarxik bo’ysunish tushunchasi.
Jurnaldagi sahifalar: 16 - 36