Muallif: Suvonqulova, Nigora; G’aniyeva, Dilfuza
Annotatsiya: Gender tengligi jamiyatning ijtimoiy transformatsiya jarayoniga nisbatan yaqinda kiritilgan bo‘lib, uzoq muddatda jamiyatdagi amaliyot va xulq-atvor shakllarida aks etishi hamda ijtimoiy ongda chuqur singdirilishi lozim bo‘lgan muhim tushunchadir. Ushbu maqolada gender tengligi tushunchasining mazmuni, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ushbu tenglikni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, gender tengligini ta’minlash masalasi sanoat tarmoqlari, xususan, an’anaviy ravishda erkaklar ustunlik qiladigan sohalardan biri bo‘lgan sement sanoati misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda gender tengligini qo‘llab-quvvatlovchi institutsional yondashuvlar, mehnat muhitida teng imkoniyatlar yaratish hamda barqaror rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: gender tengligi, ijtimoiy transformatsiya, mehnat bozori, sanoat tarmoqlari, institutsional yondashuv, barqaror rivojlanish.
Jurnaldagi sahifalar: 144 - 147