Muallif: Jalilova, Gulruh Ravshan qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola vokal ijrochilikni rivojlantirishda ovoz postanovkasining ahamiyatini, shuningdek, gender tenglik masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ovoz postanovkasi — ijrochining texnik jihatdan to‘g‘ri va estetik jihatdan mukammal vokal chiqishini ta’minlaydigan muhim jarayon bo‘lib, u ovoz diapazonini kengaytirish, tovush sifatini oshirish va vokal texnikalarni mukammal bajarish imkonini beradi. Maqolada, shuningdek, erkak va ayol ijrochilar ovoz postanovkasida duch keladigan farqlar, gender stereotiplari va ularni yengish usullari ham tahlil qilinadi. Ishda amaliy va nazariy jihatlar birlashtirilib, zamonaviy vokal pedagogikasi kontekstida gender tenglik masalasi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Vokal ijrochilik, ovoz postanovkasi, vokal texnika, gender tenglik, pedagogik metodlari, diapazon va ovoz sifati.
Jurnaldagi sahifalar: 256 - 259