20.11.2022
308
IKKI O‘ZGARUVCHILI FUNKSIYANING EKSTREMUMIDAN FOYDALANIB, TEKISLIKDAGI IKKITA FIGURA ORASIDAGI MASOFANI TOPISH

Muallif: Bozarov, Dilmurod Uralovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada tekislikdagi ikkita figura orasidagi masofani topish masalasi qo’yilgan. Bunda dastlab, ikki o’zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari, ekstremumlari hamda eng katta va eng kichik qiymatlar haqida tushunchalar keltirilgan. Maqolada metrika tushunchasi, metrik fazo va unga doir misollar ham batafsil yoritilgan. Maqola so’ngida, metrik fazodagi ikkita to‘plam orasidagi masofani ikki o‘zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari yordamida topish masalasi ko’rilgan.

Kalit so'zlar: xususiy orttirma, ekstremum nuqtalar, metrika, metrik fazo, cheklanish, to’plam va masofa.

Jurnaldagi sahifalar: 292 - 301

Yuklab olish