Muallif: Sobirov, Feruz Choriyevich; Xazratov, Alisher Normurodovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada grunt o‘zanli irrigatsiya kanallaridagi yon devor deformatsiyasi jarayonini gidravlik hisoblashda mavjud usullar va yondoshuvlar tahlil qilingan. Shuningdek bog‘langan grunt о‘zanli Amu-Buxoro va Qarshi magistral kanallari misolida qirg‘oq deformatsiyalanishi holatlari hamda kо‘ndalang kesim bо‘yicha tezlik taqsimotlari dala-tajriba ma’lumotlari taqdim qilingan. Mavjud usullarning yon devordagi urinma zo‘riqishni hisoblashda oqim tezliklarining jonli kesim yuzasi bо‘yicha notekis taqsimlanganligi natijada urinma zо‘riqish qiymatlarining ham notekis taqsimlanishi to`liq hisobga olinmayotganligi asoslangan.
Kalit so'zlar: ochiq o‘zanli kanallar, qirg’oq deformatsiyasi, urinma zo‘riqish, oqim tezligi taqsimoti, ruxsat etilgan tezliklar
Jurnaldagi sahifalar: 349 - 359