Muallif: Soporboyev, Zokirjon Shuxrat o‘g‘li; Dushamov, Dilshod Azadovich.
Annotatsiya: o-Almashgan aromatik aminlarning karbamid, tiokarbamid, sirka va benzoy kislotasi bilan sikllanish reaksiyalarida aminlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati va nisbiy faollik qatori aniqlandi. Reaksiyalar natijasida, benzazolin-2-on, benzazolin-2-tion va 2-alkilbenzazollar sintezi amalga oshirildi.
Kalit so'zlar: 2-alkilbenzazollar, o-aminofenol, o-aminotiofenol, o-fenilendiamin, benzazolin-2-onlar, benzazolin-2-tionlar, karbon kislotalar, karbamid, tiokarbamid, sikllanish, reaksiaga kirishish qobiliyati, reagentlarning nisbiy faolligi.
Jurnaldagi sahifalar: 100 - 106