12.02.2026
2
OBD-II SENSOR MA’LUMOTLARI ASOSIDA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA AVTOMOBIL DVIGATEL NOSOZLIKLARINI TAHLIL QILISH

Muallif: Qо‘ziyev, Nodir Murodullayevich; Mengliqulov, Jonibek Ramazon o‘g‘li

Annotatsiya: Zamonaviy avtomobillarda dvigatelning texnik holatini aniqlash jarayoni murakkablashib borayotgani sababli an’anaviy diagnostika usullarining samaradorligi yetarli darajada emas. Xususan, OBD-II tizimi orqali aniqlanadigan diagnostik xatolik kodlari (DTC) faqat oldindan belgilangan nosozliklarni ko‘rsatib, dvigatelda yuzaga keladigan yashirin yoki erta bosqichdagi nosozliklarni aniqlash imkoniyatini cheklaydi. Ushbu tadqiqotda OBD-II sensor ma’lumotlari asosida sun’iy intellekt yordamida avtomobil dvigatel nosozliklarini tahlil qilishga mo‘ljallangan diagnostika yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqot jarayonida dvigatel aylanish tezligi, sovitish suyuqligi harorati, havo harorati, yoqilg‘i sarfi va avtomobil tezligi kabi asosiy texnik ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berilgandan so‘ng sun’iy neyron tarmoqlariga asoslangan model yordamida dvigatel nosozliklarini aniqlash amalga oshiriladi. Eksperimental natijalar taklif etilgan sun’iy intellekt asosidagi diagnostika algoritmi an’anaviy usullarga nisbatan yuqori aniqlik va ishonchlilikka ega ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari avtomobil dvigatelining texnik holatini erta bosqichda aniqlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: OBD-II, sun’iy intellekt, dvigatel diagnostikasi, nosozliklarni aniqlash, sensor ma’lumotlari.

Jurnaldagi sahifalar: 497 - 503

Yuklab olish