18.03.2023
248
PAXTA QURITISH BARABANIDAGI TEMPERATURA VA NAMLIK MA’LUMOTLARI ASOSIDA MS EXCEL DASTURIDA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH

Muallif: Djurayev, Anvar; Marasulov, Islombek Ravshanbek o‘g‘li

Annotatsiya: Paxta tozalash zavodlari omborlaridagi namligi va iflosligi normadan yuqori bo‘lgan paxtani dastlabki tozalov samaradorligi paxtani quritish jarayoniga ham bevosita bog‘liq. Paxta me’yoridan ortiq quritilganda chigitning unib chiqib xususiyati hamda texnik chigitda moy chiqishi pasayadi. Ishning maqsadi paxta tozalash zavodlarida quritish barabanidagi temperatura va namlik datchiklar orqali nazorat qilish hamda ma’lumotlar bazasini yaratishdan iborat. Tajriba Andijon vilоyati Jalaquduq tumanining SAMO MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodida olib boriladi. Tajribada tekshirish оb’ekti sifatida quritish barabani olinib, birinchi, ikkinchi va uchinchi nav paxtani quritish jarayonida quritish barabani ichki temperaturasi hamda havo namligi ma’lumotlari asosida MS Excel dasturida ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Quritish barabanidagi ichki temperatura va namlikni mikrokontrollerga bog‘langan DHT11 analog va raqamli datchik orqali aniqlanadi. Hamda mikrokontroller EHM bilan bluetooth yok wi-fi moduli yordamida bog‘lanib ma’lumotlarni MS Excel dasturiga yuboradi. Va ushbu ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Tajriba natijasida quritish barabaniga o‘rnatilgan temperatura va namlik datchigidan kelayotgan axborotni MS Excel dasturiga ma‘lum vaqt oralig‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish va ma’lumotlar bazasi shaklida saqlab qo‘yish imkoniyati hosil qilindi. Tajriba tahlillaridan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, quritish barabanida paxtani me’yorida quritish uchun baraban ichidagi temperatura va namlikni aniq ko‘rsatgichlarda nazorat qilish va ma’lum vaqt oraliqlaridagi ma’lumotlarni tahlil qilib turish maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: Paxta, quritish barabani, arduino, temperatura, namlik, MS Excel, datchik, sketch, data acquisition, vosita, samaradorlik, material, mahsulot, qurilma, afzallik,

Jurnaldagi sahifalar: 193 - 201

Yuklab olish